Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bo‘yicha so‘nggi xabarlar, IIVning deputatga javobi, Alisher Usmonovdan yana 5 million dollar va boshqa muhim xabarlar

Koronavirus bo‘yicha so‘nggi xabarlar, IIVning deputatga javobi, Alisher Usmonovdan yana 5 million dollar va boshqa muhim xabarlar

Kollaj:«Xabar.uz»

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali 23 aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi.

Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat

2020 yil 23 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1758 nafarni tashkil qilmoqda.

Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar 561 nafarga yetdi.

21 aprelni o‘zida 111 kishi tuzaldi, bu rekord sanaladi. Avvalgi rekord 96 nafar edi.

Ichki ishlar vazirligi deputatga javob qaytardi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati Doniyor G‘aniyev bir guruh deputatlar tomonidan «bosar-tusarini bilmay qolgan deputat» deya tarqatilgan videolavha yuzasidan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovga maxsus so‘rov yuborilganini ma’lum qilgandi.

IIVning javobi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2020 yilgi fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

To‘liq ma’lumotni olish uchun mazkur maqola bilan tanishing.

Karantinda samarqandlik fuqaroning uyi buzilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishining «Yordam beringlar, hovlimizni buzishyapti. Pulimizni ham bermasdan buzishyapti» mazmuni aks etgan videolavha tarqaldi.

«Alisher Usmonovdan bugun yana 5 million dollar kelib tushadi» – Jamshid Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov milliader Alisher Usmonov O‘zbekistonga 5 million dollar pul hadya qilganini bildirdi.

 

Farg‘onada jurnalistga bosim o‘tkazgan hokim kotibi ishdan olindi

Prezident tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish vazifasini qo‘ydi

Ziroat Mirziyoyeva raisligidagi fond ayollarga moddiy yordam berishni boshladi

Ertaga ayrim hududlarda momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi 24 aprel kuni kutiladigan ob-havo xususida xabar berdi.

Xabar.uzni kuzatib boring. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring