Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahalla raislarining maoshi oshgandi. Esingizdami?

Mahalla raislarining maoshi oshgandi. Esingizdami?

Foto: «Xabar.uz»

Xatirchida mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari maoshidan ushlab qolingan 23 million so‘m adliya bo‘limi aralashuvi bilan qayta to‘lattirib berildi. Bu haqda «navoitoday.uz» xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-aprelda e’lon qilingan «Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 5-bandiga binoan fuqarolar yig‘inlari raislari va mas’ul kotiblari oylik ish haqi joriy yil 1-maydan 1,25 baravarga va 1-oktyabrdan 1,2 baravarga oshirilishi nazarda tutilgan edi.

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan Farmon ijrosi manzilli o‘rganilganda, mahalla yig‘inlari xodimlarining oylik maoshlari afsuski, haligacha oshirilmagan holda to‘lab kelinayotganligi aniqlangan.

Birgina, Xatirchi tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda mavjud 68 ta MFY raislarining 12.448.000 so‘m, mas’ul kotiblarning esa 11.362.000 so‘m miqdoridagi maoshlari to‘lanmasdan kelinayotganligi bo‘yicha tuman hokimligiga taqdimnoma kiritilgan. Taqdimnoma natijasiga ko‘ra, 2019-yilning 9-iyul holatiga ko‘ra jami 23.810.000 so‘m mahalla yig‘inlari xodimlariga to‘lab berilgan.

Bugungi kunda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qolgan hududlardagi vazityat ham o‘rganilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring