Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘chalardagi ko‘zbo‘yamachilik haqida bayonot berdi

Maktabgacha ta’lim vazirligi bog‘chalardagi ko‘zbo‘yamachilik haqida bayonot berdi

Foto: Maktabgacha ta’lim vazirligi

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tahlillarga ko‘ra, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda joylarda ko‘zbo‘yamachilik, topshiriqlarni noto‘g‘ri talqin qilish holatlari kuzatilgan. Bu haqda vazirlikning «Feysbuk»dagi sahifasida xabar berildi.

Qayd etilishicha, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida to‘laqonli faoliyat ko‘rsatayotgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini xususiylashtirish, tadbirkorlarga berib yuborish holatlari uchrab turibdi.

Moddiy-texnik bazasi talabga javob bermaydigan, faoliyat ko‘rsatmayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari faqatgina Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan rasmiy kelishilgandan so‘ng xususiylashtirilishi yoki davlat-xususiy sherikchilik asosida tadbirkorlarga berilishi mumkin. Shunday ekan, mazkur yo‘nalishdagi ishlar Maktabgacha ta’lim vazirligi nazorati ostida bo‘lib, fuqarolar va ularning farzandlari manfaatlari buzilmasligi uchun barcha kuchlar safarbar etilgan.

«Mazkur holatlar haqida xabardor fuqarolar Maktabgacha ta’lim vazirligining (0371) 255-34-47, 255-34-58 telefon raqamlariga yoki mtvmdo@gmail.com elektron manziliga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi vazirlikning sahifasida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring