Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Malayziyadan ziyoratchi turistlar ilk charter reysda keldi

Malayziyadan ziyoratchi turistlar ilk charter reysda keldi

Bugun, Qurbon Hayiti bayrami kuni Malayziyadan ziyoratchi turistlar jamoasi ilk charter reysda yurtimizga keldi.

Mazkur reys «Osman Aero» tur operatori tomonidan Malaysian Airlines samolyotlarida amalga oshirilgan. Ilk ziyoratchilar Toshkent xalqaro aeroportida karnay-surnaylar bilan kutib olingan.

Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra, Turizm va madaniy meros vazirligi ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida Malayziya tomoni bilan kelishuvga erishilgan. Xususan, Bosh vazir o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov Malayziyaning turizm, san’at va madaniyat vaziri Nansi Shukri xonim bilan Ozarbayjondagi Islom hamkorlik tashkilotining konferensiyasi doirasida Malayziyadan doimiy ravishda ziyoratchilar safarini tashkil qilish bo‘yicha kelishib olgandi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, ziyorat turizmi reyslarini Indoneziya, Bangladesh, Eron kabi davlatlar bilan ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan va tashkiliy ishlar deyarli oxirlab qolgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring