Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘ydi

MIB fuqaroning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘ydi

Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Kumushqirg‘oq” mahallasida yashovchi fuqaro I.Sh.ning qing‘irliklari fosh etildi.

U “Qoradaryo” elektr ta’minoti korxonasidan yuridik iste’molchi sifatida ro‘yxatdan o‘tib, 9,5 kVt soat quvvatga ega bo‘lgan duradgorlik stanogini ishlatish uchun "DTS-541" rusumli hisoblagich o‘rnatgan.

Aslida faqat duradgorlik stanogi uchun ruxsat berilgan bo‘lsa-da, I.Sh.ning farzandi E.S. yashirin sex tashkil qilgan. Bir dona juvoz uskunasini elektr tarmog‘iga "DTS-541" rusumli hisoblagich orqali noqonuniy ulanib, paxta chigitidan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

Huquqbuzardan 1 dona 3 mln. so‘mlik divigatel qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasi, 15 kg. 3 275 so‘mlik paxta chigiti, 56 000 so‘mlik 28 kg. kunjara va 35 000 so‘mlik 7 litr tozalanmagan paxta yog‘i ashyoviy dalillar bilan olib qo‘yildi.

Huquqbuzarlikni sodir etgan E.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 1862-moddasi 1-qism bilan ayb e’lon qilinib, yig‘ilgan hujjatlar tuman prokuraturasiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring