Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi

MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi

Foto: Majburiy ijro byurosi

Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Farmonga asosan, prokuratura organlarida bir qator yangi boshqarmalar tashkil etilib, ayrimlari tugatilmoqda. Shu bilan birgalikda Bosh prokurorga yuridik ixtisoslikka ega bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassislarni prokuratura organlariga ishga olish huquqi berilmoqda.

«Suvoqova» va «Suvsoz» davlat korxonalarida 2852 ta shtat qisqartirilib, Majburiy ijro byurosiga qo‘shimcha ravishda 2852 ta shtat birligi ajratilmoqda.

2018-yil 1-martdan boshlab turar-joyga propiska qilingan voyaga yetgan shaxslar kommunal to‘lovlar bo‘yicha uy mulkdori bilan birgalikda (solidar) javobgar hisoblanadi.

Majburiy ijro byurosiga energoresurslar bo‘yicha qarzdorliklari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning plastik kartalarining hisob raqamlaridan eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘larini har oyda so‘zsiz yechib olish huquqi berildi.

Bundan tashqari 2018-yil 1-mayga qadar ijro hujjatlari va kommunal to‘lovlardan qarzdorligi mavjud shaxslarning ma’lumotlari aks ettirilgan umumfoydalanishdagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Mazkur bazaga kiritilgan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar yirik bitimlar tuzish, ayrim turdagi moliya-kredit, xalqaro yo‘lovchi tashish va davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring