Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiyaga biriktirilgan o‘quv muassasasida muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda

Milliy gvardiyaga biriktirilgan o‘quv muassasasida muhim tadbirlar o‘tkazilmoqda

Sirdaryo viloyati, Baxt shahrida Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etilganligi va u Milliy gvardiyaga biriktirilganligi barchamizga ma’lum.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tashabbusi ostida ushbu o‘quv-tarbiya muassasasida Qaror loyihasi bo‘yicha vazifalar qisqa muddat ichida belgilanib, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator tashkilotlar hamkorligidagi ishlar amalda yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, birinchi yo‘nalish bo‘yicha yoshlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni orttirish maqsadida O‘zbekistonda xizmat olib borayotgan taniqli aktyor va aktrisalar bilan turli xil ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilib, «Quvnoqlar va zukkolar» jamoalarining chiqishlari hamda konsert dasturlari, Harbiy-texnik instituti orkestri jamoasi va «Alvon beretlar» badiiy havaskorlik ansambli o‘z faoliyatini ushbu maktabga bog‘lagan holda tarbiyalanuvchilar uchun maxsus musiqiy dasturlar ustida ish olib bormoqdalar.

Ikkinchi yo‘nalish ijrosi bo‘yicha esa ushbu muassasada tarbiyalanuvchilarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilish maqsadida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirilib, sport tadbirlarida faol qatnashganva g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar munosib taqdirlanib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shu jumladan, mazkur o‘quv-tarbiya muassasasida mashhur sportchilar bilan ham uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Misol uchun, Olimpiada-2016 chempioni, bir qator O‘zbekiston va xalqaro musobaqalar g‘olibi Xasanboy Do‘smatov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Do‘stona suhbat so‘ngida chempion o‘quvchi yoshlar uchun sportning boks turi bo‘yicha qisqa va eng kerakli mashg‘ulotlardan master-klass ko‘rsatib mashg‘ulot mobaynida bir qator iqtidorli sportchilar mavjudligi aniqlandi.

To‘rtinchi yo‘nalishda belgilangandek yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish hamda ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Harbiy-texnik instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan davra suhbatlari va kitob mutolaasi bo‘yicha madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Mazkur o‘quv-tarbiya muassasasida «Jinoyatchilikka qarshi birga kurashamiz» shiori ostida o‘tkazilgan tanlovning «Jinoyat va jazo» mavzusida tayyorlangan o‘quvchilar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari har bir tomoshabin o‘quvchiga o‘z ta’sirini ko‘rsata oldi.

Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasida 5ta muhim tashabbusning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maxsus to‘garaklar tashkil etilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar iqtidori va qobiliyatlariga ko‘ra guruhlarga biriktirilgan.

Kuni-kecha Milliy gvardiya qo‘mondoni general-polkovnik B.Tashmatov va Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayevlar o‘quv muassasasining faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tarbiyalanuvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

Suhbat davomida Milliy gvardiya qo‘mondonligi iqtidorli yigitlarga kelgusida o‘zlari qiziqqan kasbiy yo‘nalishda o‘qish va ishlashimkoniyatiga ega bo‘lishga ko‘maklashishini, hech bir tarbiyalanuvchi e’tibordan chekkada qolmasligini bildirib, ushbu maktab ularning hayot yo‘li ekanligiga, avvalo, o‘zlari ishonishlari lozimligini, qolaversa,kelajagi uchun harakat qilayotgan har bir o‘smir yigit,albatta, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishini ta’kidladilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring