Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirabror Usmonovning «Minor» masjidi qurilishidagi hissasi ochiqlandi

Mirabror Usmonovning «Minor» masjidi qurilishidagi hissasi ochiqlandi

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov vafot etgani xabar qilingan edi. Bugun, «Minor» masjidida Juma namozidan so‘ng marhumga janoza namozi o‘qildi.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov janoza namozini o‘qib berdi va Mirabror Usmonov amalga oshirgan savob ishlar qatorida «Minor» masjidi qurilishidagi hissasi haqida gapirdi.

— Bu dunyoda Alloh yo‘lida masjid qurgan, buni sir saqlagan va musulmonlar foydalanishi uchun bergan insonga Alloh taolo jannatda qasr tayyorlab qo‘yadi. Mirabror hoji mana shunday savob ishlarni amalga oshirgan kishi edi. Hozir ko‘pchiligimiz «Minor» masjidi qurilishi haqida bilmaymiz. Endi aytsak bo‘ladi, Mirabror Usmonov bu masjid qurilishiga bekamu-ko‘st hissa qo‘shgan edi, — deydi muftiy Usmonxon Alimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring