Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mubashshir Ahmad, Muzaffar Nazarov va Nigora Umarova Blogerlar chempionatida hakamlik qilishadi

Mubashshir Ahmad, Muzaffar Nazarov va Nigora Umarova Blogerlar chempionatida hakamlik qilishadi

Fotokollaj: «Xabar.uz»

Xabar berganimizdek, Blogerlar chempionatiga ijodiy ishlarni qabul qilish boshlandi. Chempionat uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Bugun start olgan birinchi bosqich 30-aprelda yakuniga yetsa, ikkinchi bosqich 8–22-may, final bosqichi esa 28-may — 6-iyun oralig‘ida o‘tkaziladi. Chempionat natijalari 10-iyunda e’lon qilinsa, g‘olib va sovrindorlar 14-iyun — Xalqaro blogerlar kunida tantanali ravishda taqdirlanadi. Asosiy mukofotlardan tashqari o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlanadi.

Blogerlar chempionatining barcha bosqichlari natijasi hakamlar hay’atining baholari asosida chiqariladi. Ya’ni birinchi bosqichdan ikkinchisiga o‘tuvchilar ham, ikkinchi bosqichdan finalga chiquvchilar ham, final bosqichi g‘olib va sovrindorlari ham faqatgina hakamlarning bahosiga ko‘ra aniqlanadi. Hakamlar hay’ati Blogerlar chempionati tashkilotchilari tomonidan tayinlangan malakali mutaxassislar jamoasidan iborat.

Kecha, 11-aprel kuni Blogerlar chempionati ishtirokchilarining ijodiy ishlarini baholab boradigan hakamlar hay’ati a’zolari haqida ma’lumot bergan edik. Ushbu ro‘yxatda o‘zgarish bo‘lgani sababli bu haqda o‘quvchilarga ma’lum qilishni lozim topdik. 

Hakamlar hay’ati a’zolari safiga «Azon.uz» sayti asoschisi hamda «QAQNUS MEDIA» nashriyoti direktori Mubashshir Ahmad, Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Muzaffar Nazarov, frilanser-jurnalist Nigora Umarovalar qo‘shilishdi.

Avvalgi Blogerlar chempionatlarida o‘z ishtiroki bilan o‘quvchilar mehrini qozongan jurnalist va bloger Sohiba Hayitboyeva esa ayrim sabablarga ko‘ra hakamlar hay’atini tark etdi. Uning bu qarorga kelishiga «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali tahririyati yoxud chempionat tashkilotchilarining aloqasi yo‘q.

Blogerlar chempionati hakamlarining to‘liq ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring