Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga javobgarlik mavjudligini eslatdi

Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga javobgarlik mavjudligini eslatdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi kuni kecha Davlat xaridlari sohasida qonun talablariga rioya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalarini e’lon qilgandi. Unda Mudofaa vazirligi tizimiga oid ma’lumotlar ham keltirilgandi.

Agentlikning xabarida Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat xaridlari sohasida qonun talablariga rioya qilinishida xato va kamchiliklar mavjudligi bayon etilgan.

Mudofaa vazirligi mazkur ma’lumotni rad etdi.

Qayd etilishicha, ushbu holatlar Mudofaa vazirligi budjet mablag‘lariga aloqasi bo‘lmagan Harbiy savdo korxonalarining 5 yillik faoliyati davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan iborat ekanligi aniqlangan.

E’tiborlisi, vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ma’lumotini asoslanmagan deb, yolg‘on xabar tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring