Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mutasaddi nutqini o‘zbek tilida davom ettirishga majbur bo‘ldi

Mutasaddi nutqini o‘zbek tilida davom ettirishga majbur bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xususiylashtirish, monpoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan matbuot anjumani tashkil etildi.

«Xabar.uz» muxbiri ushbu tadbir boshlanishida sodir bo‘lgan kichik, ammo e’tiborga molik hodisa haqida xabar berdi.

Foto: «Xabar.uz»

Qo‘mita xodimi taqdimoti rus tilida tayyorlangani uchun «ruxsatingiz bilan nutqimni rus tilida davom ettirsam» deya gap boshladi. Ammo zalda to‘plangan va deyarli to‘liq o‘zbekzabon jurnalistlardan tashkil topgan auditoriya mutasaddidan taqdimotni o‘zbek tilida davom ettirishni so‘radi. U bu talabga buysunushga majbur bo‘ldi.

Nima deyish mumkin? Tilimizni avvallo o‘zimiz hurmat qilishni bilishimiz kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring