Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganlik yolg‘iz ayol qishni shifersiz uyda o‘tkazdi

Namanganlik yolg‘iz ayol qishni shifersiz uyda o‘tkazdi

Foto: O‘zA

Ayni paytda Namangan viloyati Pop tumanidagi oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhitini o‘rganayotgan Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlanayotgan yuzlab muammolar bartaraf etilmoqda.

O‘zA xabariga ko‘ra, tumandagi «Tuman» mahalla fuqarolar yig‘inidagi Chamanzor ko‘chasi, 33-uyda yashovchi Ro‘zibu Yunusovaning fuqarolar yig‘ini miqyosida hal bo‘ladigan darajadagi murojaati Respublika ishchi guruhi o‘rganishlari natijasida yechim topgan.

Mahallada yakka-yolg‘iz sifatida ro‘yxatda turuvchi ayolning turmush o‘rtog‘i hamda yolg‘iz o‘g‘li 2009-yili ko‘chadagi terakni kesish paytida elektr toki urishi oqibatida fojiali nobud bo‘lishgan. Murakkab taqdir sinovlaridan qattiq aziyat chekib, ruhiy tushkunlikka tushgan ayolning yakkayu yagona qizi esa o‘tgan yili turmushga chiqqach, ona xonadonda yolg‘iz qoladi.

Foto: O‘zA

— O‘tgan yili 27-dekabrdagi qattiq shamol 3 xonali uyimning shiferlarini butunlay uchirib ketdi, — deydi R.Yunusova. — Nafaqada kun kechiraman. Doimiy daromad manbaim ham yo‘q. Shu sababli tomni yopishga o‘zimning qurbim yetmadi. Fuqarolar yig‘iniga, tegishli mutasaddilarga bir necha marotaba murojaat etganimga qaramay, muammo hal bo‘lmadi. Qishni shu zaylda o‘tkazishga majbur bo‘ldim.

Respublika ishchi guruhi yolg‘iz ayol holidan xabar olib kelishgach, tuman mutasaddilari tomonidan ikki kun ichida tomni yopish ishlari boshlab yuborildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Sobirjon Usmonovning ham o‘z mas’uliyati yodiga tushib, xonadon tomorqasini hashar yo‘li bilan obodonlashtirdi.

Foto: O‘zA
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring