Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiydagi «Saxovat muzlatkichlari»da oziq-ovqatlar tekinga tarqatilmoqda

Navoiydagi «Saxovat muzlatkichlari»da oziq-ovqatlar tekinga tarqatilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Navoiyda «Yoshlar oyligi»  davom etmoqda. Oylik doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, viloyat hokimligi, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Tashabbuslar karvoni»  hamda «Kitob karvoni»  loyihasi tashkil etildi. Yoshlar uchun 10000 dona kitoblar, sport anjomlari, cholg‘u asboblari, Wi-Fi router, hard disklar sovg‘a qilinmoqda.

Ushbu loyihaning ilk manzili Uchquduq tumani bo‘lib, tumandagi «Aytim» mahalla fuqarolar yig‘inida «Yoshlar kutubxonasi»  tantanali ochilib, 1000 dona kitoblar sovg‘a qilindi. Tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi uchun sport anjomlari, Qizilqum madaniyat markazi yoshlari uchun cholg‘u asboblari hadya qilingan bo‘lsa, Konchilik kasb-hunar kollejiga Wi-Fi o‘rnatildi.

Zarafshon shahridagi «Bahor»  mahallasi hamda Tomdi tumanidagi «Tomdibuloq ovul fuqarolar yig‘inida «Yoshlar kutubxonasi»  tantanali ochildi hamda ushbu ziyo maskaniga ham kitoblar sovg‘a qilindi. Ushbu loyiha 5000 ga yaqin yoshlarni qamrab oldi.

Shuningdek, Navbahor tumanidagi «Armijon»  mahalla fuqorolar yig‘inida kutubxona tashkil etilib, 1000 dona kitob sovg‘a qilindi. Navbahor Istiqlol kasb-hunar kollejiga ham bepul Wi-Fi o‘rnatildi.

Qiziltepa tumani musiqa va san’at maktabida esa targ‘ibotchilar guruhi yetib keldi va yoshlarning iqtidorini yuqori baholadi.  «Malikobod»  mahallasi hamda 15-umumiy o‘rta talim maktabiga 2000 dona adabiyotlar berildi.

Tumandagi «Nimkon»  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida ham bepul Wi-Fi o‘rnatildi.Bu loyiha barcha hududlarda davom etadi.

Yana bir tashabbus Navbahor tuman Kengashi hamda xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda yoshlar oyligini samarali tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida Oliya To‘rayeva va Sitora Rahmatullayevaga 8 foizli imtiyozli kredit asosida tikuv mashinalari olib berildi.

Bundan tashqari, yurtimizda nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta’lim olish va ishga joylashishda har tomonlama ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda. Davlat tomonidan xalqimizga xos bo‘lgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuyg‘ularini hisobga olgan holda nogironlarning muhim ehtiyoj va talablariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar tashkiloti ham muntazam ravishda nogironligi bor va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar qatlamidan doimiy ravishda xabar olib kelmoqda.

Shuningdek, Zarafshon shahri markazida «Saxovat muzlatgichlari»  kam ta’minlangan oilalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda kiyim-kechak, kitob javonlarida esa kitoblar bilan boyitildi.

Marusa Hosilova

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring