Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nobel mukofoti sovrindori 95 yoshida vafot etdi

Nobel mukofoti sovrindori 95 yoshida vafot etdi

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Piter Xiggs 95 yoshida vafot etdi.

Professor Xiggs qisqa muddatli kasallikdan so‘ng 8 aprel kuni o‘z uyida vafot etgan. Uning vafoti haqida Edinburg universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Piter Xiggs 1960-yillarda elementar zarrachalar massasining kelib chiqishini, xususan, W va Z bozon vektorlarining massalarini tushuntiruvchi «Xiggs usuli» ixtirosi bilan mashhur bo‘ldi.

Uning ishi olim nomi bilan ataluvchi yangi zarracha borligini bashorat qilgan: Xiggs bozoni.

Bozonning mavjudligi faqat 2012-yilda Katta adron kollayderidagi tadqiqotlar tufayli tasdiqlangan. 2013- yilda janob Xiggs o‘z ishi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. U mukofotni hamkasbi nazariyotchi fizik Fransua Englert bilan baham ko‘rdi, uning tadqiqotlari Xiggs bozonining kashf etilishini ham prognoz qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring