Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi davlat budjetiga ulkan zarar keltirmoqda

Noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi davlat budjetiga ulkan zarar keltirmoqda

Keyingi 3 yilda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi O‘zbekiston uchun jiddiy muammoga aylandi. 2023 yilda kontrabandaning mamlakat bozoridagi ulushi 22,4 foizga yetdi, bu 2,4 mlrd dona sigareta demakdir. Bu raqamlar nafaqat muammoning ko‘lamini, balki davlat budjetiga yetkazilayotgan ulkan ziyonni ham aks ettiradi.

2023 yilda budjetning moliyaviy yo‘qotishlari salmoqli summani – 1 trillion so‘mni tashkil qildi. Davlat noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli aynan shuncha mablag‘ni boy bergan. Bu raqamni solishtirish va qanchalik kattaligini tasavvur qilish uchun: o‘tgan yil birinchi yarim yilligida davlat budjetidan maktabgacha ta’lim sohasiga 5 222,5 milliard so‘m, ushbu davrda bolalar bog‘chalarining 720 mingdan ziyod tarbiyalanuvchilarini ta’minlash uchun 1 280 milliard so‘m ajratilgan. 2023 yilning olti oyida madaniy meros ob’yektlarini asrash ishlarini bajarishga respublika budjetidan 8 670,3 million so‘m, tabiatni muhofaza qilish sohasiga – 1 767,8 milliard so‘m ajratilgan.

Mana endi, boy berilgan pullar qanday xayrli maqsadlarga sarflanishi mumkin bo‘lganligi aniqroq bo‘ladi.

Biroq, noqonuniy savdo muammosi aholi salomatligiga nisbatan real tahdid solishi tufayli yanada o‘tkir tus oladi, chunki bunday mahsulot sifat tekshiruv taomillaridan o‘tmaydi, qadoqda zaruriy ogohlantiruvchi axborotga ega emas. Noqonuniy sigaret sotuvchilar, soliq to‘lashdan qochishlari tufayli, o‘z tovarlarini qonuniy mahsulotga qaraganda ancha arzonga sotadilar. Narxning hamyonbopligi jamiyatda, ayniqsa yoshlar va daromadi past aholi o‘rtasida sigaret chekilishi darajasining ortishiga xizmat qiladi.

Bu muammoning yechimi kompleks yondashuvni talab qiladi – nazoratni kuchaytirish, aholining tamaki mahsulotlari zarari to‘g‘risidagi xabardorligini oshirish va xalqaro hamkorlik kabilar shular jumlasiga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring