Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nukusdagi kuchli dovulning oqibatlari haqida ma’lum qilindi

Nukusdagi kuchli dovulning oqibatlari haqida ma’lum qilindi

Foto:«Uza.uz»

14-iyun kuni Nukusda kuchli shamol kuzatilgani xususida xabar berilgan edi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 14 iyun kuni chamasi soat 20:32 - 20:38 lar oralig‘ida yuz bergan kuchli shamolning tezligi 18-23 m/s.ga teng bo‘lgan.

Kuchli shamol oqibatida Nukus shahri Qoraqalpog‘iston ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 32-uy, Yerejepov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 10-uy, «Sarbinaz» MFYda joylashgan ko‘p qavatli 4/24-uy, «Samanbay» MFY Suyenli ko‘chasi 6-uy, «Qutli qonis» ko‘chasi raqamsiz uy, «Qizketken» MFY Aybek ko‘chasi 100-uy hamda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazining tom qismi uchib tushgan.

Yuz bergan vaziyat oqibatlarini bartaraf qilish uchun boshqarma harbiy xizmatchilari va Qutqaruv otryad shaxsiy tarkibi soat 20:45da berilgan «YIG‘IN» signali bilan yig‘ilgan. Soat 21:10 dan boshlab Nukus shahar FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda boshqarma shaxsiy tarkibi guruhlarga bo‘lingan holda yuz bergan talafot oqibatlarini bartaraf qilish tadbirlari boshlangan.

Nukus shahar FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda boshqarma shaxsiy tarkibi tomonidan quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

Nukus shahri Qoraqalpog‘iston ko‘chasidagi ko‘p qavatli32-uy, 36-uy, Yerejepov ko‘chasidagi ko‘p qavatli 10-uy, «Sarbinaz» MFYda ko‘p qavatli 4/24 uy, «Samanbay» MFY Suyenli ko‘chasi 6-uy, «Qutli qonis» ko‘chasi raqamsiz uy, «Qizketken» MFY Oybek ko‘chasi 100-uylar tomidan uchib tushib, yo‘lda transport qatnoviga xalaqt qilgan tom qismlari (shifer, tunuka shifer) tozalandi, ko‘p qavatli uylar tom qismida osilib qolgan va aholi hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan shiferlar maxsus asbob-anjomlar yordamida kesib olinib, xavfsiz hududga ko‘chirildi.

Foto:«Uza.uz»

Yuz bergan holat oqibatida soat 20:40 dan boshlab Nukus shahrining ayrim ko‘chalarida elektr toki ta’minotida uzilishlar kuzatildi. Nukus shahar elektr ta’minoti korxonasining avariya guruhlari jalb qilingan holda kuchli shamol natijasida elektr toki ta’minotidan uzilgan hududlarda avariya-tiklash ishlari olib borildi.

Boshqarma harbiy xizmatchilari va Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tomonidan yuz bergan holat oqibatlarini bartaraf qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14-iyun kuni 6 minut davom etgan kuchli shamol oqibatida ko‘p qavatli uylarning (ularning aksariyati yangi qurilgan uylar) tomidan uchgan shiferlar, tunuka shiferlar yon-atrofda turgan avtomashinalar zarar ko‘rdi. Kuchli shamol ko‘p yillik katta daraxtlarni ham yiqitib ketdi.

Ye.Qanoatov, O‘zA

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring