Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV xodimlari hamda blogerlar o‘rtasida «Zakovat» turniri

OAV xodimlari hamda blogerlar o‘rtasida «Zakovat» turniri

Ertaga, 19 iyun kuni OAV xodimlari hamda blogerlar o‘rtasida «Zakovat» turniri start oladi.

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 200 mln so‘mni tashkil etadi.

Turnirning saralash bosqichida turnirda ro‘yxatdan o‘tgan barcha jamoalar bir vaqtda, bir xil savollar bilan bellashadi.

Ushbu bosqichda jamoalarga jami 30 ta savol o‘qiladi va har bir savol muhokamasi uchun bir daqiqadan va javob yozish uchun 10 soniyadan vaqt beriladi.

Saralashda eng yaxshi natija ko‘rsatgan 32 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Pley-offning har bir bosqichida jamoalarga 12 tadan savol beriladi.

Batafsil ma’lumot @zakovat Telegram kanalida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring