Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obid Asomovning qayerga dafn etilishi ma’lum qilindi

Obid Asomovning qayerga dafn etilishi ma’lum qilindi

Foto: «Podrobno.uz»

​​O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum Obid Asomov «Kamolon» qabristonida dafn etiladi. Bu haqda «O‘zbekkino» MA matbuot xizmati xabar berdi.

«Marhum qiziqchi va aktyor Obid Asomov 2018-yilning 15 dekabr kuni soat 12:00 da o‘z uyidan so‘nggi manzilga kuzatiladi. Janoza namozi 13:00 da Toshkent shahri «Kamolon» masjidida o‘qiladi», - deyiladi agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Obid Asomov bugun, 14 dekabr kuni 55 yoshida o‘tkir yurak infarkti sabab hayotdan ko‘z yumdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring