Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sud raisi o‘rinbosari fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi

Oliy sud raisi o‘rinbosari fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi

Foto: Oliy sud

Oliy sud raisining o‘rinbosari B.Dexqonov 24-sentabr kuni Paxtakor xamda Zafarobod tumanlari aholisi bilan ochiq muloqat va sayyor qabul o‘tkazdi.

B.Dexqonov Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan isloxatlar davlatimiz rahbarining soxaga oid farmon va qarorlari mazmun mohiyati xususida tushuncha berdi.

Sud organlari faoliyati takomillashtirilgani, sudlanuvchilarga jazo qo‘llashda xalq bilan bamaslahat ish tutilayotgani, davlat va jamoat tashkilotlari kafilligi asosida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanayotgani sohasidagi islohatlarning asosini tashkil etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 13-iyulda qabul qilingan “sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimyati organlariga ishonchini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni esa sud organlarining faoliyatidan xalqimizni xabardor etish, axoli bilan yaqinligini ta’minlashga hizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Ushbu qabul va aholi bilan mulokatlar chog‘ida axoli bilan joylarda yechimini kutayotgan ko‘plab masalalar ijobiy hal etildi. Aholliga zarur huquqiy yordam va maslahatlar berildi.

Bu chora-tadbirlar sud hokimiyatining mustaqilligini, fuqarolar g‘uquq va erkinligini ishonchli himoyasini ta’minlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini oshirishga hizmat qilmoqda. Sayyor qabul davomida Oliy sud raisi o‘rinbosari va sudyalar Paxtakor hamda Zafarobodliklarning 60 ga yakin murojatlari eshitilib muammolarni bartaraf qilish choralari ko‘rildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring