Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti aka-uka va opa-singillar topishdi

Olti aka-uka va opa-singillar topishdi

Ajrimlardan aziyat chekuvchilar, birinchi navbatda, farzandlardir.

Ulug‘nor tumanida yashovchi M.P. va M.H.larning to‘rt qizi va ikki o‘g‘li bor. Shunga qaramay, ular kelishmovchiliklar sabab alohida yashay boshlashadi.

Olti bolaning ikkitasi ota qaramog‘ida qoladi, ona esa 4 nafar farzandi bilan uydan ketadi. Qaytmoqchi bo‘lganda esa, qarshilik ko‘rsatildi va ayol erining xonadoniga kiritilishini so‘rab sudga murojaat qilishga majbur bo‘ladi.

Sudning qaroriga binoan Majburiy ijro byurosi Ulug‘nor tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan mahalla raisi va tegishli mutasaddi tashkilot vakillari bilan birgalikda M.P.ning xonadoniga borildi va M.H. bolalari bilan erining yashash xonadoniga kiritib qo‘yildi.

Shu tarzda 6 nafar aka-uka va opa singillar bir-biri bilan topishdi va ota-onasi bilan bir uyda yashay boshlashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring