Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oqlon» mahallasida uyi yonib ketgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi

«Oqlon» mahallasida uyi yonib ketgan fuqarolarga yordam ko‘rsatildi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Oqlon» mahallasi, Ko‘kcha darvoza tor ko‘chasida joylashgan uylarda yong‘in sodir bo‘lgandi.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Oqlon» mahallasida sodir bo‘lgan fojeadan zarar ko‘rgan oltita xonadon a’zolariga yordam ko‘rsatildi.

Ushbu tadbirda Toshkent shahar bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi Dilbar Ataboyeva va Yashnobod, Shayxontohur, Mirobod, M.Ulug‘bek, Uchtepa, Yunusobod tumani otinoyilari ham ishtirok etishdi. Unda fuqarolarga qariyb 6 mln. so‘mlik ijtimoiy va 3 mln. so‘mlik moddiy ko‘mak ko‘rsatildi. Zero, yaxshilik, xayru sahovat, siylai-rahm ulug‘ fazilatlardan biridir.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring