Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rta yosh qachon boshlanadi?

O‘rta yosh qachon boshlanadi?

Foto: «Ferra»

So‘nggi tadqiqotlar yoshlar va o‘rta yoshlilar o‘rtasidagi chegara borgan sayin yo‘qolib borayotganini ko‘rsatmoqda. Uzoq umr ko‘rish va sog‘lom turmush tarzi inson yoshiga xos bo‘lmagan tarzda uzoq vaqt go‘zalligini saqlab qolishi mumkinligidan dalolat beradi.

Shu boisdan ayrim olimlar o‘rta yoshni 41 dan emas, balki 53 yoshdan boshlab hisoblash kerak, degan fikrni ilgari surishyapti.

Qanaqa odamlarni o‘rta yoshli deb hisoblash mumkin? Peshindan keyin uxlab olishni kanda qilmaydiganlar, qulaylikni birinchi o‘ringa qo‘yadiganlar, beldagi og‘riqlardan shikoyat qiluvchilar, kechki vaqtini uyida tinchgina o‘tkazishni xohlovchilarni o‘rta yoshlilar toifasiga kiritish mumkin.

«Benenden Health» kompaniyasi buyurtmasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotda ma’lum bo‘lishicha, 50 yoshdan oshganlarning deyarli yarmi hali o‘zlarini o‘rta yoshga to‘lmagan deb hisoblashadi, to‘rtdan uch qismi esa yosh guruhlari o‘rtasida farq kichikligini his etishni boshlashganiga iqror bo‘lishgan.

Har 10 odamdan 8 nafari bu aqliy holat emas, balki jismoniy holat deb hisoblaydi.

«Britaniyaliklar, baxtimizga, «o‘rta yosh» degan an’anaviy tushunchadan o‘tib bo‘lishgan, chunki yoshlar va keksalarni toifalovchi chiziqlar yo‘qolib boryapti», — deyiladi «Benenden Health» hisobotida.

Tadqiqotchilarning nazarida, qator omillar, jumladan, yanada sog‘lomroq va faol turmush tarzi odamlarning odatlari yoshi o‘tishi bilan o‘zgarmasligini anglatadi. Xullas, mutaxassislar «o‘rta yosh» atamasi tobora ahamiyatini yo‘qotib boryapti, degan to‘xtamga kelishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring