Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 31-dekabrgacha uzaytirildi

OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 31-dekabrgacha uzaytirildi

Foto:«Xabar.uz»

2018-2019-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi va undan yuqori kursida tahsil olayotgan talabalar uchun belgilangan to‘lov-kontrakt miqdorining birinchi yarmini to‘lash muddati joriy yilning 31 dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati  ma’lum qildi. 

Shuningdek, mazkur muddat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga 2018-2019 o‘quv yili qabulida kirish sinovlari natijasiga ko‘ra yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar va O‘zbekistonda o‘qiyotgan  xorijiy fuqarolarga ham tegishlidir.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring