Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston aholisi kuniga qancha ko‘payishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston aholisi kuniga qancha ko‘payishi ma’lum qilindi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 599 764 kishini tashkil etgan.

Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 % ga oshgan.

Mamlakatimiz aholisi 2023 yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ko‘paygan.

O‘zbekiston aholisi 2023 yilning har bir oyida o‘rtacha 63,9 ming kishiga oshgan.

2023 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.

  • AYoLLAR SONI – 18 176 873 kishi
  • ERKAKLAR SONI – 18 422 891 kishi

2023 yilning 1 oktyabr holatiga doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 246 018 nafarga ko‘p.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring