O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalari Germaniyada tan olinishi mumkin
O‘zbekistonda berilgan milliy haydovchilik guvohnomalarini Germaniyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Bu masala Migratsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Elyor Toshtemirovning Germaniyaning «Global Talent Alliance» va «TSK Logistik» kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Muzokaralarda o‘zbekistonlik fuqarolarni Germaniyaning transport-logistika sohasiga ishga joylashtirish, ularni mahalliy talablar asosida tayyorlash hamda viza rasmiylashtirishdagi muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, avtobus va yuk avtomobili haydovchilarini Germaniya ish beruvchilari talablari asosida tayyorlaydigan qo‘shma haydovchilik maktabini tashkil etish taklif qilindi.
Uchrashuv yakunida Migratsiya agentligi va «Global Talent Alliance» o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Agentlik qo‘shma haydovchilik maktabini tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish masalasi hozircha taklif bosqichida bo‘lib, bu borada yakuniy kelishuvga erishilmagan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter