Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston JAR, Eron va Gonkong fuqarolari uchun viza shartlarini soddalashtirdi

O‘zbekiston  JAR, Eron va Gonkong fuqarolari uchun viza shartlarini soddalashtirdi

Foto:«The Qazaq Times»

Joriy yilning 19-mart kunidan JAR, Eron va Gonkong fuqarolari O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olish huquqiga ega bo‘ldi. 

O‘zbekiston Prezidenti Farmoni bilan 2019-yilning 19-martidan Xalqaro munosabatlar rivoji, mamlakat turizm sohasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi investitsion iqlimni yaxshilash uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida ushbu mamlakatlar ro‘yxatiga, shuningdek, Eron Islom Respublikasi, Janubiy Afrika Respublikasi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma’muriy mintaqasi ham kiritilgan.

Mazkur Farmon bilan Eron, JAR va Gonkong fuqarolari O‘zbekistonda ko‘chmas mulk xarid qilish sharti bilan mamlakatda yashash huquqiga ega bo‘lishadi.

Bunday chora-tadbirlar yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar oqimini oshishiga, shuningdek, jahon mamlakatlarini O‘zbekiston bilan madaniy, ilmiy, savdo-sotiq va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi aloqalarini rivojlanishiga hamda jahon hamjamiyatida yurtimiz imidjini yanada oshishiga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida yashashni istagan xorij fuqarolari hududlar kesimida quyidagi qiymatdagi ko‘chmas mulk ob’yektini xarid qilishlari kerak bo‘ladi:

-Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida 400 ming AQSh dollaridan;

-Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 200 ming AQSh dollaridan;

-boshqa viloyatlarda 100 ming AQSh dollaridan.

Avvalroq, BAA fqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqini berilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring