Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jamoat fondining konsepsiyasi tasdiqlandi

Jamoat fondining konsepsiyasi tasdiqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 19-aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan 2017-yil yakunlari va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanni mazkur fond direktori Said Abdulaziz Yusupov ochdi. Shundan so‘ng jamoat fondining 2017-yilgi faoliyati yakunlari va istiqboldagi rejalari to‘g‘risida hisoboti o‘qib eshittirildi. Hisobot doirasida dastlab fond tomonidan 2017-yilda jurnalistlar va bosma OAVlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan turli tadbirlar haqida ma’lumot  berildi.

Shuningdek, jurnalistlarga fondning 2018 — 2020-yillardagi faoliyati bo‘yicha konsepsiya taqdim etildi. Mazkur konsepsiya 4 bo‘limdan iborat bo‘lib, 3-bo‘limi «Internet tarmoqlarida mamlakatimiz axborot resurslarini rivojlantirish» deb nomlanadi.

Mazkur band bugungi axborot ehtiyojidan kelib chiqib, jurnalistlar, blogerlar, faol foydalanuvchilar, admin va moderatorlar, o‘z fikriga ega, duyoqarashi keng ilm-fan, siyosat va boshqa sohalar vakillarini jalb qilgan holda shu asosda shakllangan mulohaza va takliflar asosida kelgusi harakatlar rejasini tuzib olish, ijtimoiy tarmoqlarda yozuvchi, shoir va deputatlar sahifalarini faollashtirish, ularning qizg‘in masalalarga munosabat bildirishini ko‘paytirishni ham nazarda tutadi.

Anjuman so‘ngida jurnalistlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring