Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temiryo‘llari» Issiqko‘lga qatnovchi poyezdlar uchun chegirma joriy qildi

«O‘zbekiston temiryo‘llari» Issiqko‘lga qatnovchi poyezdlar uchun chegirma joriy qildi

Foto: «Nuz.uz»

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ «Toshkent — Baliqchi — Toshkent» yo‘nalishida bir qator chegirmalar e’lon qildi.

Masalan, endilikda lyuks va kupelar uchun poyezd jo‘nashidan 45 – 31 kun avval chipta xarid qilganlarga 45 foiz chegirma joriy qilinadi, 30 – 6 kun avval xarid qilganlar esa 35 foiz chegirmaga ega bo‘ladilar.

Shuningdek platskartlar uchun ham chegirmalar joriy qilinadi. Poyezd jo‘nashidan 45 – 31 kun avval chipta xarid qiluvchilar 35 foiz, 30 – 6 kun avval xarid qiluvchilar esa 25 foiz chegirmaga umid qilishlari mumkin.

Agar yo‘l chiptalari bitta mamlakat hududida yurish uchun olinadigan bo‘lsa, ushbu chegirmalar joriy etilmaydi. Bundan avval tarqatilgan xabarlarga qaraganda, platskartlar uchun chiptalar 378 ming so‘mdan (45 dollarga yaqin) boshlanadi, kupe uchun esa 515 ming so‘m (62 dollarga yaqin) bo‘ladi.

Toshkent – Bishkek – Baliqchi (Issiqko‘l) – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk poyezd 22 mart kuni Toshkentdagi vokzaldan yo‘lga chiqqan edi. Bu sostav to‘qqizta vagondan, lyuks, kupe, platskart va vagon-restorandan tashkil topgan. Poyezd 300 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, payshanba kunlari Toshkentdan yo‘lga chiqadi. Masofani 25 soatda bosib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring