Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar ittifoqiga ramziy belgi sifatida Milliy gvardiya bayrog‘i taqdim etildi

Yoshlar ittifoqiga ramziy belgi sifatida Milliy gvardiya bayrog‘i taqdim etildi

O‘zbekiston Yoshlar press-klubida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida navbatdagi tadbir tashkil etildi.

«Beshta muhim tashabbus – ma’naviy yetuk, barkamol shaxs kafolati» mavzusida o‘tkazilgan press-klub doirasida O‘zbekiston Resublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan hamkorlik mustahkamligining ramziy belgisi sifatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muzeyiga Milliy gvardiya bayrog‘i tantanali ravishda topshirildi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyatining ta’kidlashicha, ushbu ramziy bayroq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan birinchi ramziy belgidir. O‘zbekiston Resublikasi Milliy gvardiyasi bayrog‘i O‘zbekiston yoshlar ittifoqi muzeyi to‘ridan joy egalladi. 

Press-klub davomida spikerlar 5ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdilar.  Tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonligi ofitserlari, Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari, Harbiy-texnik institut professor-o‘qituvchilari, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markaz hamda Milliy gvardiya tizimidagi harbiy qismlarning boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va Kengash a’zolari ishtirok etdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring