Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 31-dekabrgacha yangi konsepsiya ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda 31-dekabrgacha yangi konsepsiya ishlab chiqiladi

«Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (616-son, 30.09.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

- Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tuzilmasi hamda Institut to‘g‘risidagi nizom;
- Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom;
- Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom.

Mehnat institutining faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 31 ҳdekabrgacha quyidagilar ishlab chiqiladi:

- zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi;

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlar.

2021 yil 1 noyabrdan Mehnat instituti tomonidan, jumladan, quyidagilar shakllantiriladi va yuritiladi:

● Malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil baholashning ma’lumotlar bazasi;
● Mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risidagi yagona ma’lumotlar bazasi.

Qarorga ko‘ra shuningdek, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidagi Davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazi tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring