Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda birinchi ayollar universiteti ochiladi

O‘zbekistonda birinchi ayollar universiteti ochiladi

Koreya respublikasi prezidenti Mun Chje Inning yurtimizga qilgan tashrifi davomida Toshkentda Kyung-in Woman’s University ayollar oliygohining filialini ochishga kelishib olingan edi. Kelishuv Kyung-in Woman’s University hamda O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, «O‘ztekstilsanoat» assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida imzolangan.

Kyung-in Woman’s University — davlat oliy ta’lim dargohi bo‘lib, 1990 yilda ochilgan. Universitet kampusi Inchxon shahrida joylashgan. Ta’lim dargohiga har yili 2000 dan ortiq talabalar qabul qilinadi. Bu yerda 300 dan ortiq professor va o‘qituvchilar dars beradi.

2019 yilning 20 aprelida Kyung-in Woman’s University, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va «O‘ztekstilsanoat» assotsiatsiyasi o‘rtasida 2019-2020 yilgi o‘quv mavsumida loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring