Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Miranda qonuni nega ishlamayapti?!

O‘zbekistonda Miranda qonuni nega ishlamayapti?!

Namanganlik jurnalist Shukur Jabbor o‘zining facebook sahifasida O‘zbekistonda Miranda qonuni nega ishlamasligi to‘g‘risida e’tiborli post yozibdi.

...Detektiv asarlarda, Kunbotar mamlakatlarning barcha kinofilmlarida shunday jumlani eshitgansiz, bunga aminman: Politsiya gumondorni qo‘lga olgan paytda “Siz qo‘lga olindingiz. Sukut saqlashga haqqingiz bor, chunki hozir gapiradigan gapingiz sudda o‘zingizga qarshi dalil bo‘lishi mumkin. Advokatsiz gapirmaslik huquqingiz bor. Advokat yollashingiz mumkin” deydi. 

Xuddi mana shu Miranda qonuni deyiladi. Bu qonunga butun dunyoda amal qilinadi. Bu qonunning paydo bo‘lishi qiziq. Bu AQSh fuqarosi Miranda ... nomidan olingan. Mirandaning o‘zi juda ko‘p marta qamalgan, qip-qizil jinoyatchi bo‘lgan. U qo‘lga olinib, advokatsiz so‘roq qilinib qamaladi. Keyin AQSh Oliy sudiga garchi huquqiy motivlarni advokatlardan ham yaxshi bilsa-da “Meni huquqlarim tushuntirilmasdan, o‘zimga o‘zimning gapimni dalil qilib qamashdi” deb shikoyat yozadi. Inson erkinligi to‘la himoya qilinadigan bu mamlakat Oliy sudi uning da’volarini ko‘rib chiqib, uni oqlaydi. Bu voqea butun dunyoda shov-shuv ko‘taradi. Shundan keyin Miranda qonuni paydo bo‘ladi. Shundan keyin barcha huquqni muhofaza qilish tashkilotlari gumondorni qo‘lga olganida yuqoridagi so‘zning aytishi QOIDA qilib nizomlariga kiritilgan. Kattagina qonun bir jinoyatchi nomi bilan atala boshlaydi. Xuddi bezorilik va xuligan so‘zining paydo bo‘lishi Xulio Gan ismidan olinganiday inson nomi bilan bog‘liq bunday qiziqarli misollar ko‘plab keltirishim mumkin, biroq unda asosiy maqsaddan chalg‘iyman.

Ayni paytda mamlakatimizda fuqarolardan to‘lovlarni undirish bo‘yicha ishlaydigan MIB (majburiy ijro byurosi) bilan bog‘liq jinoyatlar salmog‘i 500 (besh yuz)tadan oshib ketdi. Bunda asosan, majburiy undiruvga borgan MIB xodimi kaltaklangan. Ayrim hollarda esa ikkala tomon ham jarohatlangan… deydi jurnalist facebook sahifasida qoldirgan postida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring