Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yana bitta bayram kuni joriy etiladi

O‘zbekistonda yana bitta bayram kuni joriy etiladi

Foto: «eagle.mn»

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida ishchilar kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi Oliy Majlisga taqdim etildi. Kecha, 6-mart kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qonun loyihasi Parlament quyi palatasi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.

Aholining barcha qatlamlari turmush darajasi va jamiyatimizdagi ijtimoiy muhit muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan uy-joy kommunal sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq. O‘zbekistonda kommunal xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy bozorni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Yaratilgan mustahkam me’yoriy-huquqiy bazaga muvofiq tarkibiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi uy-joy fondini boshqarish va undan foydalanishning mutlaqo yangi tizimini shakllantirish imkonini berdi.

Hozirgi kunda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 mingdan ortiq xodimlar xizmat qilmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan sohada samaradorlikka erishish, fidoyi xodimlarning faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida — 18 aprel kunini — Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni sifatida belgilash to‘g‘risidagi qonun loyihasi taklifini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring