Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yangi qonun kuchga kirdi

O‘zbekistonda yangi qonun kuchga kirdi

Foto: «Android Apps APK»

«Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur qonunda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi va yosh toifalarini belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Endilikda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘idagi veb-saytlar, blogerlar, reklama vositalari hamda boshqa turdagi axborot kanallari orqali tarqatilayotgan axborotlarda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotdan himoya qilish maqsadida 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks ettirilishi shart.

Qonunga ko‘ra, yoshga oid tasnifni belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda mamlakat hududida tarqatish boshlangunga qadar amalga oshiriladi.

Ya’ni qonun kuchga kirishi bilan har bir axborot tarqatuvchi fuqaro hushyorlikka amal qilgan holda o‘zlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko‘ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo‘yishlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 9-sentabr kuni qabul qilingan mazkur qonun joriy yil 9 martdan boshlab kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring