Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning yetakchi innovatsion texnologiyalari bilan tanishmoqdalar

O‘zbekistonlik mutaxassislar Xitoyning yetakchi innovatsion texnologiyalari bilan tanishmoqdalar

Shu kunlarda O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasining Chansha va Shenjen shaharlariga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tmoqda.

Tashrif «Taraqqiyot strategiyasi» markazi va «Huawei» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Industrial rivojlanish markazida bo‘lishib, jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarida o‘zining innovatsion ishlanmalarini muvaffaqiyatli tadbiq etib kelayotgan «Wasion» kompaniyasi faoliyati bilan tanishdilar. Jumladan, o‘zbekistonlik mutaxassislarga zamonaviy inshootlar qurilishida erishilgan yutuqlar namoyish etildi. Shuningdek, suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida kompaniya tomonidan tadbiq etilgan yangiliklar, ularning qo‘llanilish yo‘nalishlari, o‘simliklarning hosildorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Mehmonlar, shuningdek, Xunan provinsiyasining elektr energiya ta’minoti tizimini boshqarish bo‘yicha yetakchi markazi Xunan metrologiya instituti faoliyatini o‘rgandilar. Avtomatlashtirilgan elektr energiya ta’minoti, energiya tejamkorligi, ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi kabi bo‘limlari namoyish etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida elektr hisoblagichlarini ishlab chiqarish va sertifikatsiyadan o‘tkazish korxonasi faoliyati yaqindan o‘rganildi.

Dastlabki uchrashuvlar yakunlariga ko‘ra, «Wasion» kompaniyasi vakillari O‘zbekistondagi rivojlanishlardan yaxshi xabardor ekanliklarini bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilayotgan yangi g‘oyalar va belgilanayotgan vazifalarni diqqat bilan kuzatayotganliklarini bildirdilar. Shuningdek, turli sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar tez orada o‘z natijasini berishiga ishonch bildirdilar.

Shu munosabat bilan, kompaniya vakillari umumiy faoliyat yo‘nalishlarida doirasidagi qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyorligini aytib o‘tdilar.

Delegatsiya a’zolarining Xitoyga rasmiy tashrifi davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring