Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 4 fuqarosi Tailandga kiritilmadi

O‘zbekistonning 4 fuqarosi Tailandga kiritilmadi

Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xabariga ko‘ra, 2018-yil 7-sentabr kuni fuqarolar Q.Sa’dullayev, J.Qurbonov, A.Inog‘omov, A.Abdullayev mazkur masala yuzasidan O‘zbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.

Shu kuni vaziyatni voqea joyining o‘zida o‘rganish va zarurat bo‘lsa, konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Bosh konsulxona xodimi Bangkok shahri aeroportiga bordi. Tailand immigratsiya xizmati bo‘linmasining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur fuqarolarning mamlakatga kirishlariga rad javobi berilishiga ular tomonidan tashrif maqsadi, yashash joyi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarning shubha tug‘dirgani sabab bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolarini navbatdagi aviareys bilan O‘zbekistonga qaytarish uchun Tailand tegishli hokimiyat organlari va «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi vakolatxonasi bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring