Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashda Britaniya kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashda Britaniya kompaniyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Joriy yilning 2-aprel kuni Adliya vazirligida «The Economist Intelligence Unit» Britaniya kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi. 

«The Economist Intelligence Unit» The Economist (EIU) jurnalining 1946-yilda asos solingan analitik bo‘limi va uning asosiy maqsadi ko‘plab mamalakatlar, xalqaro tashkilotlar hamda yirik transmilliy koorporatsiyalar uchun biznesni tahlil qilish hisoblanadi.

«The Economist Intelligence Unit» saylov jarayoni masalalari, plyuralizm, hukumat faoliyati, fuqarolik erkinligi, siyosiy madaniyat va mamlakatda aholining siyosiy faolligi kabi ko‘rsatkichlarga asoslangan xalqaro demokratik indeks va mamlakat xatarlari indeksi kabi muhim xalqaro indekslar tuzadi.

Adliya vazirining o‘rinbosari X.Meliyev mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligining xalqaro tashkilotlar tomonidan umumiy qabul qilingan reytinglarda mamlakat pozitsiyasini yaxshilashdagi o‘rni haqida so‘zlab berdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar davlat va jamoat qurilishining turli sohalarida erishilgan yutuqlarning samaradorligini baholash uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladigan metodologiya va mezonlar bo‘yicha fikr almashdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring