«O‘zbekneftgaz» sobiq rahbari ishi sudga oshirildi
«O‘zbekneftgaz» AJning sobiq boshqaruv raisi Bahodirjon Sidiqovga nisbatan jinoyat ishi sudga oshirildi.
U Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) hamda 209-moddasi (mansab soxtakorligi)ning qator qismlari bo‘yicha ayblanmoqda.
Ushbu ish doirasida Sidiqov bilan birga Enter Engineering Pte. Ltd, Eriell Management va «O‘zbekneftgaz»ning sobiq rahbar xodimlari ham bo‘lgan jami 9 nafar shaxs sudlanmoqda.
Bahodir Sidiqov 2026-yil yanvar oyida ushlangandi.
Avvalroq Davaktiv sobiq rahbari ishi ham sudga oshirilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter