Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zgidromet» anomal issiq qachongacha davom etishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» anomal issiq qachongacha davom etishini ma’lum qildi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Dam olish kunlari mamlakatimiz hududiga Erondan juda issiq havo kirib kelishi boshlandi, kunduzi termometr ustuni 38-41° gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 42-44° gacha ko‘tarildi.

Ushbu haftada iqlimiy qiymatlardan 5-7° ga yuqori bo‘lgan havo harorati bilan anomal issiq ob-havo saqlanib turadi, kechalari 23-26°, kunduz kunlari 39-42°, respublika janubida va cho‘l hududlarida 43-45° bo‘ladi. Faqat juma kuni issiq biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismida harorat 37-40° atrofida bo‘ladi, janubiy hududlarda 43-45° atrofida bo‘lgan juda yuqori harorat saqlanib turadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Bugun ayrim tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring