Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» rahbari ob-havoning keskin o‘zgarishi mumkinligidan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» rahbari ob-havoning keskin o‘zgarishi mumkinligidan ogohlantirdi

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 9-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 10-12-noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida respublika hududida ob-havoning keskin o‘zgarishi kuzatiladi.

9-11-noyabr kunlari respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. 10-11-noyabr kunlari respublikaning shimoliy va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik qorga aylanadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

9-noyabr kuni respublikaning shimoliy hududlarida, 10-12-noyabr kunlari esa qolgan hududlarida havo haroratining asta-sekin pasayishi kutilmoqda.

Shimoliy hududlar va cho‘l zonalarida havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha, respublikaning qolgan hududlarida esa kechasi 0-5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 1-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha pasayadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring