Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMU va Texnika universiteti shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin

O‘zMU va Texnika universiteti shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin

Foto:«Review.uz»

Bugun 15-fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida urbanizatsiya masalalari bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. 

«Xabar.uz»  muxbirining xabar berishicha, unda ishtirok etgan Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Tursun Ahmedov shahardagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlari shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkinligini aytgan. 

«Hozirda shahar me’morchiligi bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganayapmiz. Maqsadimiz – yirik shaharlarda oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalari joylashuvini to‘g‘ri tashkil etish. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida universitetlar va ilmiy institutlar odatda shahar tashqarisida yoki atrofida joylashtirilgan.

O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti ham, balki 5 yil, balki 10 yildan keyindir, shahar tashqarisiga ko‘chirilishi mumkin.

Talabalar shaharchasi yaqinda obod qilindi, bu albatta quvonarli hol. Lekin mazkur hudud obod qilindi degani universitetlar ko‘chirilmaydi degani emas» degan Ahmedov.

Avvalroq, O‘zMU joylashgan hududdagi qurilish ishlari va universitet ramziga aylangan kitob monumenti buzilgani haqida xabar bergandik. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring