Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zneftgazinspeksiya»ga boshliq tayinlandi

«O‘zneftgazinspeksiya»ga boshliq tayinlandi

Skrin: «O‘zneftgazinspeksiya»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi qarori bilan Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda Energetika vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Inspeksiya boshlig‘i etib bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Neft va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan (2017-2019-yillar) Nodir Tohirovich Agzamov tayinlandi.

N.Agzamov 1996-2002-yillarda Toshkent davlat texnika universitetida neft va gazni qayta ishlash mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. Shuningdek, 2011-2012-yillarda Seul milliy universitetida (Janubiy Koreya) «Xalqaro energetika siyosati» dasturi bo‘yicha ta’lim olgan. U mehnat faoliyatini «O‘zneft mahsulotlarini qayta ishlash» va «O‘zneftmahsulot» kompaniyalarida boshlagan. 2012-2017-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg‘i-energetika majmui, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati axborot-tahlil departamentining yoqilg‘i-energetika kompleksini rivojlantirish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi vazifasida ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining ikkita inspeksiya boshlig‘iga o‘rinbosarlar ham tayinlandi. Bu boradagi tegishli hujjatlar Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan 2019-yil 9-aprelda imzolandi.

Asqar Sharifjonovich Isakov O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Energetika nazorati inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari yetib tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring