Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangilik! «O‘zsanoatqurilishbank»dan boshlang‘ich badalsiz turizm krediti

Yangilik! «O‘zsanoatqurilishbank»dan boshlang‘ich badalsiz turizm krediti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash hamda mijozlarimiz va yurtimiz aholisidan kelib tushgan takliflar, ularning xohish-istaklari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, «O‘zsanoatqurilishbank» ichki turizm xizmatlari uchun iste’mol krediti berishni yo‘lga qo‘ydi!

Turizm iste’mol kreditini olish uchun bankka bor-yo‘g‘i quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

- pasport nusxasi;

- oxirgi 12 oy mobaynidagi daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma;

- turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega mahalliy turoperator taqdim etgan shartnoma;

- kafil hujjatlari (pasport nusxasi va oxirgi 12 oy mobaynidagi daromad to‘g‘risida ma’lumotnoma).

Turizm krediti boshlang‘ich badalsiz, 3 yil muddatga, eng kam ish haqining 100 barobarigacha (17 224 000 so‘mgacha) beriladi. Kredit summasi turoperator hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Turoperator tomonidan taqdim etilgan shartnomada barcha turistik xizmatlar uchun xarajatlar (transport, mehmonxona, dam olish maskanlari, gid, ovqatlanish, tarixiy obidalar, muzey, teatr, ko‘ngilochar hamda sport maskanlariga tashrif va boshqalar) kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yuqorida keltirilgan qarorga asosan, jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlari O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab turistik yo‘llanmalarni turizm sohasida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan sub’yektlardan sotib olishga yo‘naltirilgan xarajatlar summasiga kamaytiriladi.

Bunda turistik yo‘llanma (ayirboshlanadigan vaucher), avia va temir yo‘l chiptalari, avtotransport tashkilotlarining hisob-fakturalari (chiptalari) va joylashtirish vositalari cheklari tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.

O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijozlarini yuksak qadrlaydi va siz uchun yanada qulay hamda zamonaviy xizmatlarni joriy qilishda davom etadi!

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Bankning istalgan filialidan, (0371) 200-43-43, 233-63-78 telefon raqamlaridan yoki quyidagi elektron manzildan olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring