Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztransgaz» raisi o‘rinbosari «Lukoyl» oldidagi qarzdorlik sabab ishdan bo‘shatilgan

«O‘ztransgaz» raisi o‘rinbosari «Lukoyl» oldidagi qarzdorlik sabab ishdan bo‘shatilgan

Foto: «Uztransgaz»

Baxtiyor Rahmonqulovich Anorqulov «O‘ztransgaz» kompaniyasi raisining moliya bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan chetlatildi, deya xabar qildi «Gazeta.uz».

Lavozimidan chetlatilishiga «Lukoyl» oldidagi katta miqdordagi qarzdorlik sabab bo‘lgani aytilmoqda. Avvalroq O‘zbekistonning 2018-yilda Rossiya kompaniyasi oldida 600 mln dollarga yaqin miqdorida qarzdor bo‘lib qolgani haqida yozilgandi.


Mavzuga oid: Gazimizni xorijliklarga berib, yana ular oldida qarzdormiz. Xalqimizga gazni qaytaring!


«Lukoyl»ning qazib olish bo‘yicha katta vitse-prezidenti Azat Shamsuarov O‘zbekiston mahsulotni bo‘lishib olish to‘g‘risidagi kelishuvda qazib olingan gaz to‘liq eksport qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa ham, O‘zbekiston qazib olingan gazning bir qismini ichki bozorga olib qolgani sababli vujudga kelganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring