Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanjar Said

Hayotda mo‘jizalar sodir bo‘ladi

Pandalarga so‘nggi gap: sizlar yashashga layoqatli emassiz

Pandalarga so‘nggi gap: sizlar yashashga layoqatli emassiz

Foto: «Khabaronline.ir»

Hayot qonuni shunday – yashashga layoqatsiz turlar yo‘qolib ketadi. Yashovchan, kurashuvchan, qandaydir himoya vositasi yoki uslubiga ega, boshqa turlardan tezkorligi, ko‘zlarining o‘tkirligi, hid sezish qobiliyatining yuqoriligi, doimo sergak va harakatda ekanligi hamda boshqa xususiyatlari bilan bu shafqatsiz olamda yashab kelayotgan mavjudotlar juda ko‘p. Bunday xususiyatlarga ega bo‘lmaslik, o‘zini o‘zi himoya qila olmaslik, yashash uchun kurashmaslik, ortidan kuchli, baquvvat va har qanday sharoitga moslashuvchan vorislar – o‘rinbosarlarni qoldirmaslik, bularning barchasi o‘lim sari, yo‘qlik sari tashlanayotgan qadamlardir.

Oxirgi paytlar dunyoda pandalar soni keskin kamayib ketmoqda. Xususan, bugun butun dunyoda bambukxo‘r pandalar soni 2060 bosh atrofida xolos. Ularning ham katta qismi juda qattiq nazorat va g‘amxo‘rlik ostida saqlab qolinmoqda. Pandalarning kamayib borayotganiga faqatgina tashqi ta’sirlar, masalan, yashash joylarining qisqarib borayotgani, atrof-muhitning ifloslanishi, pandalar hayotiga aralashuvlar sabab bo‘layotgani yo‘q. Ular juda kamharakat, asosiy vaqtini yeb-ichish, o‘yin-kulgi va uyqu bilan o‘tkazadi. Dangasalik shu darajada yuqori cho‘qqilarga chiqayaptiki, hatto ko‘payish, nasl qoldirish, avlodlarini parvarish qilishni ham istamay qo‘yyapti. Tabiiy ravishda ko‘payishga harakat qilmaslik esa nasllarning yashovchanligi, hayot uchun kurashishga bo‘lgan intilishi va harakatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, 2080 yilga borib pandalar soni keskin kamayib ketar ekan. Menimcha, o‘sha paytda avlodlar bir paytlar yer yuzida shunday beozor va ko‘rkam mavjudotlar yashaganini hikoyalar, fotosuratlar va videoroliklar orqali bilishadi. Bugun internet, ijtimoiy tarmoqlarda pandalarni himoya qilish haqidagi chaqiriqlar, ularni asrash va o‘zini himoya qila olmaydigan individ sifatida bo‘lsa-da, saqlab qolishga da’vatlar ham kelajak avlod tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilishiga ishonaman. Biz bugun yo‘qolib borayotgan mavjudodlarga ularning tabiiy muhitda tabiiy tanlanish yo‘li bilan ko‘payishi, kuchli va yashovchan nasllarni qoldirishi, odamlarga tomosha bo‘lish emas, balki o‘z tabiiy vazifalarini bajarishi uchun yetarlicha sharoit yaratib bermayotganimiz, aksincha ularga faqatgina xalal berib, suv va havodan siqib qo‘yayotganimiz qanday oqibatlarni keltirib chiqarayotgani ularga ibrat bo‘ladi, deb o‘ylayman.

Pandalarni asrang, avlodlar! Ular kurashish qobiliyatiga ega emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring