Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Permdagi o‘zbek diasporasi rahbari migrantlarni Ukraina urushiga jalb qilayotgani aytildi

Permdagi o‘zbek diasporasi rahbari migrantlarni Ukraina urushiga jalb qilayotgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi axborot kanallarida «Permdagi o‘zbek diasporasi rahbari shaxsan o‘z vatandoshlarini Ukrainaga urushga jalb qilyapti» sarlavhali videolar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarga murojaat qildi.

«O‘zbekiston fuqarolaridan bunday da’vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlash joizki, agentlik iyul oyida ham shunga o‘xshash ogohlantirish bilan chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring