Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazosi og‘ir. Pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanmang!

Jazosi og‘ir. Pirotexnika savdosi bilan shug‘ullanmang!

Foto: «Uza.uz»

Yangi yil yaqinlashgani sayin odamlarda pirotexnika vositalarga bo‘lgan qiziqish kuchayadi. Bu esa, garchi taqiqlangan bo‘lsa-da, pirotexnika vositalarining savdosi avj olishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbiddin Burhonov «O‘zA»ga intervyu berdi.

Uning qayd etishicha, pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1851-moddasiga muvofiq, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki o‘tkazish huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Jinoyat kodeksining 2501-moddasida esa bunday qilmishlar sodir etganlar uchun uning kim tomonidan sodir etilgani va qanday oqibatlarga olib kelganligiga qarab turli jazo choralari, jumladan, sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring