Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poytaxtda «To‘garaklar yarmarkasi» tashkil etildi (foto)

Poytaxtda «To‘garaklar yarmarkasi» tashkil etildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Poytaxtning «Sezam» ko‘ngilochar maydonchasida «To‘garaklar yarmarkasi» bo‘lib o‘tdi. Yarmarka doirasida kitoblar hamda to‘garak a’zolarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Yarmarka davomida ota-onalar hamda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblarni sotib olishdi va qiziqqan to‘garaklariga a’zo bo‘lishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlar jamiyati huzuridagi «Vatanparvar fidoyilar» ansambli xonandalarining chiqishlari yarmarka ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Yarmarka davomida «Barkamol avlod» respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazining «Veteraj», «To‘qish», «Tasviriy san’at» va «Liboslar dizayni» to‘garaklari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.


Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida mamlakatimizda 211 ta «Barkamol avlod» bolalar markazlari qatorida Respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazi ham tashkil etilgan.

«Barkamol avlod» respublika bolalar o‘lkashunoslik va ekologiya markazi vazirlik tasarrufida tashkil etilgan maktabdan tashqari ta’lim muassasasi hisoblanib, o‘lkashunoslik va sayyohlik, tabiatshunoslik, ekologiya va salomatlik uzluksiz ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shimcha ta’lim berish jarayonini amalga oshirib kelmoqda.

Bugungi kunda markazda 23 nomdagi 50 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring