Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga Doniyor Baxtiyorovich Qodirov (suratda quyida) tayinlandi va shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring