Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiq Xudoyberganovning lavozimi ko‘tarildi

Ortiq Xudoyberganovning lavozimi ko‘tarildi

Toshkent viloyati IIBda bir qator tayinlovlar amalga oshirilgani haqida boshqarma matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, polkovnik Saidkarim Hamidxo‘jayevich Alimov Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — jazoni ijro etish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlagan.

Mayor Dilmurod Rixsiboyevich Zufarov Tibbiyot bo‘limining davolash-profilaktika muassasalari Harbiy tibbiy komissiya rais-shifokori lavozimidan Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga o‘tkazilgan. Podpolkovnik Ortiq Tursinxonovich Xudoyberganov Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O.Xudayberganov avvalgi lavozimi — JQB boshliqligiga o‘tgan yilning iyun oyida tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring